background

“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkazildi

20-06-2023
Yangiliklar
897

“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ–112-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 23 apreldagi 235-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazdi.

Festivalni tashkil etilishidan maqsad teatr san’ati sohasida halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarini, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yagona madaniyat platformasini shakllantirish, teatr san’ati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr san’ati namoyondalarini birlashtirishdan iborat.

Festival doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjondan teatr jamoalari hamda respublikamiz teatrlarining sara asarlari namoyish etiladi. Festivalga taqdim etilgan sahna asarlarini sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi koʻrikdan oʻtkazadi.

“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali 22-may kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festival tantanali ochili oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Ochilish marosimdan keyin otaxon teatrning “Adolat fasli” spektakli namoyish etildi.

23-may kuni G.Musrepov nomidagi Qozog‘iston davlat bolalar va o‘smirlar teatrining “Qorakoʻz” va Turkiya Eski shahar mustaqil teatrining “Qaytish” spektakllari;

24-may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Urush” va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Qorqit” spektakllari;

25-may kuni V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining “Umar Xayyomning istigʻfori ”va O‘zbekiston davlat drama teatrining “Romeo va Juletta” spektakllari;

26-may kuni B.Kidikeeva nomidagi Qirg‘iz davlat yoshlar teatrining “Umut” va Minsk shahar yangi drama teatrining “Varshava ohanglari” spektakllari;

27-may kuni Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining “Tun va toʻtiqush” va Sankt-Peterburg Vasilyev orolchasi davlat drama teatrining “Uzoq choʻzilgan Rojdestvo tushligi” spektakllari namoyish etildi.

Xalaqaro teatr san’ati anjumanining taqdirlash morisimi 28-may kuni“Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tdi.