O’zbekston Respublikasi Prezidentining “Ozbekston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida” 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qarori 2-ilovasining 21-bandida Davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishi va ijodkorlar bilan tomoshabinlar o’rtasida jonli muloqatlar tashkil etish, spektakllar namoyishiga aholi ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish maqsadida davlat teatrlarida oshiq eshiklar kunini o’tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida 1-sentyabr kuni Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Teatr foesida sahna liboslari ko’rgazmasi tashkil etildi. Yig’ilganlarga teatr saxnasida Qirg’iz dramaturgi Qayrat Imanalievning rejissyor Sultanbek Qallibekov tomonidan sahnalashtirilgan “Qorqit ota” spektakli namoyish etildi. Spektakldan keyin tomoshabinlar va aktyorlar o’rtasida jonli muloqat tashkil etilib, tomoshabinlar suyikli aktyorlari bilan esdalik uchun rasmga tushishdi. Tadbirga jami 251 nafar tomoshabin qamrab olindi.
SHaxnoza Yaxiyaeva
